Ishchi guruh ish boshladi

30

«Ishonch»ga javob beradilar



«Ishonch» gazetasining shu yil 1 avgust kunidagi sonida chop etilgan «Lirika» kuyiga o'ynayotganlar» sarlavhali maqolaga Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh bosh­qarmasi quyidagicha munosabat bildirdi:

Maqolada bayon etilgan holatlarga qarshi kurashish va oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi, Sog'liqni saqlash, Adliya, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, kuchli ta`sir etuvchi dori-darmonlar nazoratini kuchaytirish bo'yicha me`yoriy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.
Shu bilan birga ­respublikada narkovaziyatga ta`sir etuvchi omillarni tahlil qilish va chora-tadbirlarni amalga oshirishning tezkorligini ta`minlash maqsadida, kelgusida giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish yo'nalishida chop etilishi rejalashtirilayotgan yoki chop etilgan maqolalarni Ichki ishlar vazirligining ubnon@mvd.uz elektron manziliga yuborishingizni so'raymiz.

Bosh boshqarma boshlig'i
T. ISMOILOV

Tahririyatdan: Ushbu xat tahririyatga kelgan kunlarda yana bir xushxabar eshitdik. Ya`ni Prezidentimizning «Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish to'g'risida» qarori qabul qilindi. Qarorda maqolada bayon etilgan, jamiyatni xavotirga solayotgan muammolarning yechimi ko'rsatilib, tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berilgan.
Shu ma`noda, jurnalist muammoga uyg'oq nigoh bilan qaragani, uning yechimida ijtimoiy fikrni shakllantirishga hissa qo'shgani bizni ham mamnun etadi.





Boshqa xabarlar