Jahon standartlari asosida

43

yoxud milliy mahsulot ishlab chiqarish infratuzilmasi bizga nima beradi?

Dunyo bozorida munosib o'rin egallashning yagona yo'li – bu sifatli mahsulot ishlab chiqarishdir. Shu sababli mamlakatimizda milliy mahsulotlar ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali, ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta`minlashdek muhim va dolzarb masalaning yechimiga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi «Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori mazkur yo'nalishlardagi ko'pgina muammolarning barham topishiga turtki bo'ldi.
Ushbu qaror asosida «O'zstandart» agentligi tomonidan ishlab chiqarishga xalqaro standartlarni tatbiq etish va me`yorlar bilan uyg'unlashtirish maqsadida joriy yilning o'tgan olti oyida 1214 ta yangi standart qabul qilindi. 247 ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishga oid standartlar bilan ta`minlandi, mahsulot sifatini baholash uchun zamonaviy sinov usullar (eksperss metodlar)ning xorijiy mamlakatlarning bozorlarida qabul qilingan 967 ta standarti joriy qilindi.
Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida bozor iqtisodiyoti talab­lariga salbiy ta`sir ko'rsatadigan va ma`nan eskirgan 30 ta standart amaliyotdan chiqarib tashlandi hamda 132 tasi qayta ko'rib chiqildi.
Bunday ishlarning ko'lamini yanada oshirish maqsadida rivojlangan davlatlarning tashkilotlari bilan amaliy hamkorlik yo'lga qo'yildi. Masalan, Fransiyaning standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida faoliyat yurituvchi AFNOR tashkiloti bilan Fransiya standartlaridan foydalanish yuzasidan kelishuvga erishildi.
AQShning Amerika materiallarning sinovlari standartlari tashkiloti (ASTM)ning 12 mingdan ziyod standartdan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Germaniya, Turkiya va Qozog'iston mamlakatlari xorijiy ekspertlarning xulosalari asosida metrologiya sohasini tubdan takomillashtirish bo'yicha «Yo'l xarita»si ishlab chiqildi va amalga kiritildi. Ishlab chiqarilgan mahalliy mahsulotlarga berilgan milliy sertifikatlarni va sinov natijalarini chet el bozorlarida tan olishni ta`minlash maqsadida Afg'oniston, Birlashgan Arab Amirliklari, Indoneziya, Pokiston, Hindiston davlatlari bilan muzokaralar o'tkazilmoqda.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini xorij kompaniyalarga sotish tizimini yaratish maqsadida 60 ta fermer xo'jaligida Global G.A.P. sifatni bosh­qarish tizimi standartlarini joriy qilish ishlari bajarilmoqda. Ayni vaqtgacha 4 ta Global G.A.P. hamda 1 ta Organic standarti amaliyotga joriy etildi.
Xalqaro standart hamda sinov uslublarini joriy etish natijasida iste`mol bozoriga sifatsiz bo'lgan 52 turdagi 1 milliard 905 million so'mlik mahsulot kirib kelinishining oldi olindi.
Milliy etalon bazasini rivoj­lantirish maqsadida mutlaq bosim, ortiqcha bosim, namunaviy kuch birligi etalonlari xarid qilinib, ishga tushirildi. yil yakuniga qadar harorat va uzunlik etalonlari xarid qilish rejalashtirilgan. Tasdiqlangan dasturga muvofiq, 2023 yilgacha etalonlar umumiy soni 33 taga yetkaziladi.
Agentlik tizimidagi o'lchash laboratoriyalarini modernizasiya qilish va qayta jihozlash maqsadida 51 dona yangi uskuna xarid qilinib, 53 ta metrologik tekshiruv uslublari joriy qilindi.
Investision loyihalarni amalga oshirish, hamda energiya resurslaridan unumli foydalanishni ta`minlash maqsadida Janubiy Koreyaning 751,8 ming dollar miqdoridagi grant mablag'lari doirasida O'zbekiston milliy metrologiya institutiga maishiy gaz va elektr hisoblagichlarni qiyoslash uskunalari hamda harorat etaloni o'rnatildi.
Bundan tashqari, 12 ta laboratoriya xalqaro darajada akkreditasiyadan o'tkazildi. Akkreditlangan 77 ta sinov laboratoriyasida inspeksiya nazorati o'tkazilib, 13 holatda belgilangan talablarga mosligi tasdiqlandi, 12 tasida tugatildi va 52 tasida faoliyat vaqtincha to'xtatildi.
Akkreditasiya markazini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlariga a`zo qilish doirasida Germaniya va Turkiya davlatlarining xalqaro ekspertlari jalb qilindi. Mahalliy ekspertlar malakasini oshirish maqsadida Turkiya akkreditasiya idorasi va Slovakiya akkreditasiya idorasi bilan 3 tadan (SNAS) qo'shma baholash auditlar tashkil etildi. Bu kabi o'zgarish­lar mahsulotlarimizning jahon bozorida munosib o'rin egallashiga xizmat qiladi

Abdurauf RASULOV,
«O'zstandart» agentligi
Matbuot xizmati rahbari

Boshqa xabarlar