Shifokor ishga qaytdi

25

Sirdaryo viloyati narkologiya dispanserida ­na­v­­­­batchi feldsher vazifasida ishlovchi Tursunali Abdurahimov viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasiga murojaat qildi. Arizada u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko'ra bekor qilingani bayon etilgan edi. Murojaat birlashma yuridik bo'limi xodimlari va tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyatdagi mas`ul tashkilotchisi tomonidan o'rganib chiqildi.

Dastlab xodimga Mehnat kodeksining 181- moddasi, 2 – qismi bilan 30 foiz miqdorida jarima intizomiy jazo berilgan. Ikkinchi bor esa ikkita buyruqqa asosan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Biroq surishtiruv jarayonida ushbu buyruqlarning noqonuniy ekani aniqlandi. Chunki yig'ilish bayoni qaror qismida kimga nisbatan taqdimnoma kiritilgani aniq ko'rsatilmagan. Chunki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasiga taqdimnoma mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni kiritilgan. Unda T.Abdurahimov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilinishi haqida emas, intizomni buzganligi yuzasidan keyingi yig'ilishlarda qaror qabul qilinishi so'ralgan. Mehnat kodeksining 101-moddasida ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilinishida oldindan kasaba uyushma qo'mitasi roziligi talab etilishi ko'rsatilgan.
Ushbu holatda mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga buyruqdan nusxa hamda mehnat daftarchasi o'z vaqtida berilmaganligi oqibatida majburiy progul uchun haq undirilishi holati yuzaga kelgan.
Xodimni o'z ish joyiga tiklanishini so'rab ish beruvchi nomiga taqdimnoma kiritildi va fuqarolik ishlari bo'yicha Guliston tumanlararo sudiga murojaat etildi.
Yaqinda sudning hal qiluv qaroriga asosan fuqaro T.Abdurahimov o'z ishiga tiklanib, majburiy progul vaqti uchun ish beruvchidan 1 975 542 so'm mablag' undirildi.

Ozoda MAMADALIEVA,
«Ishonch»

Boshqa xabarlar