«Ustozlar – kasaba uyushmalari e`zozida»

41

Respublika tanlovi

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tomonidan mamlakatimizdagi umumiy o'rta ta`lim maktablarida bosh­lang'ich kasaba uyushma qo'mitasi raisi sifatida faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilar o'rtasida «Ustozlar – kasaba uyushmalari e`zozida» Respublika tanlovi o'tkazilmoqda.

Mazkur tanlov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev huzurida 2019 yilning 23 avgust kuni «Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o'qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi mavzuga bag'ishlab kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan yig'ilishda belgilab berilgan vazifalarning to'liq amalga oshirilishiga, xususan, maktab ta`limini rivojlantirish, ustozlarga yuksak hurmat-ehtirom ko'rsatish, ular ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish borasidagi ishlarga munosib hissa qo'shish maqsadida tashkil etilmoqda.
3 bosqichda o'tkazilayotgan mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan nomzodlar umumta`lim maktab­larida kamida 20 yillik pedagogik, boshlang'ich kasaba uyushma qo'mitasi raisi sifatida esa kamida 10 yillik ish stajiga ega bo'lishi lozim.
Ishtirokchilar tegishli hujjat va materiallarni Ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman va shahar kengashlarida tashkil etilgan Ishchi guruhlariga taqdim etadilar.
Tanlov g'oliblari O'zbekis­ton kasaba uyushmalari Federasiyasi tomonidan 1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida dip­lom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Xususan,
I o'ringa munosib deb topilgan soha xodimi «Spark» avtomobili;

II o'rinni egallagan ishtirokchi «Samsung» muzlatgichi;

III o'rin sohibi «Samsung» kir yuvish mashinasi bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, sovrindorlarga rag'batlantiruvchi mukofot – Noutbuk topshiriladi.

Tanlov to'g'risidagi batafsil ma`lumotlarni
(71) 256-61-84, (71) 252-14-57, (71) 252-22-64
telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi

Boshqa xabarlar