Bepul yo'llanma ajratildi

31

Bugungi kunda ish faoliyatida fido­yilik bilan mehnat qilayotgan xodimlarga davlatimiz katta e`tibor va g'amxo'rlik ko'rsatib kelmoqda. Birgina o'zimning misolimda aytadigan bo'lsam, hozirda Respub­lika Ma`naviyat va ma`rifat markazi Shofirkon tumani bo'limi rahbari lavozimida ishlab kelmoqdaman. Shu yilning 4 sentyabr kuni menga davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro shahar kengashi tomonidan O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tasarrufidagi «Chortoq» sanatoriysiga bepul yo'llanma ajratildi.
Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatidan 28 nafar uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan kasaba uyushmasi faollariga «Chortoq» sanatoriysiga bepul yo'llanmalar ajratilishi va kamtarona xizmatimning yuqori baholanishi men uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi. Buning uchun Buxoro viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasiga hamda O'zbekis­ton kasaba uyushmalari Federasiyasiga o'z minnatdorligimni bildiraman.

Karim BOMUROTOV,
Respublika Ma`naviyat va
ma`rifat markazi Shofirkon
tumani bo'limi rahbari,
kasaba uyushma a`zosi

Boshqa xabarlar