Kurashchilarimiz Nur-Sulton shahrida “Tokio – 2020” yo'llanmasi uchun bellashmoqda

67

Shu kunlarda Qozog'istonning Nur-Sulton shahrida bo'lib o'tayotgan erkin va yunon rum kurashi bahslari qizg'in pallaga kirdi. Xabaringiz bor, dunyoning 70 ga yaqin davlatidan eng sara kurashchilar qatnashayotgan jahon chempionatida yunon rum kurashchilarimizdan Aram Vardanyan kumush, Rustam Assakalov va Jalgasbay Berdimuratov bronza medallarini, shuningdek, Elmurat Tasmuradov kuchli beshlikdan joy olib, yurtimiz sportchilarining olimpiada yo'llanmalari sonini 7 taga yetkazishdi.

Bugun va ertaga erkin kurashchilarimiz jahon chempionatida sovrinli o'rinlar uchun kurashish bilan birga “Tokio – 2020” yo'llanmalarini qo'lga kiritish maqsadida maydonga chiqishadi. Terma jamoamiz safida Rio olimpiadasi sovrindori Ixtiyor Navro'zov, Osiyo o'yinlarining ikki karra g'olibi Bekzod Abdurahmonov kabi kuchli kurashchilarimiz bor.

To'lqin RO'ZIEV

Boshqa xabarlar