O'zbekistonlik qiz Osiyo kubogining “Eng yaxshi sportchisi” nomiga sazovor bo'ldi

64

O'tgan hafta Singapurda chim ustida xokkey bo'yicha qizlar o'rtasida Osiyo kubogi bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada mamlakatimiz terma jamoasi Xitoy Taypeyi termasi bilan durang qayd etgan bo'lsa, Gonkong, Bahrayn hamda Shri-Lankalik xokkeychi qizlarni yirik hisoblarda mag'lub etishdi. Faqat mezbonlarga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, qit`a musobaqasida faxrli 2-o'rinni egalladi. Terma jamoamiz a`zosi Sabina Adizova esa Osiyo kubogining “Eng yaxshi sportchisi” nomiga sazovor bo'ldi. Kecha poytaxtimizdagi “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyida Osiyo kubogining sovrindori bo'lgan sportchilarimizni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

To'lqin RO'ZIEV

Boshqa xabarlar