Toshkentda ilk marotaba “BEFIT RACE” musobaqasi o'tkaziladi

56

22 sentyabr kuni Toshkentda Bobur nomidagi ekopark hududida sportchilar va havaskorlar o'rtasida “BEFIT RACE” musobaqasi o'tkaziladi.

Aholi salomatligini mustahkamlash, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida o'tkazilayotgan bellashuvlarda ishtirokchilar 13 ta sport mashqlarini (turli to'siqlardan o'tish, suzish, yugurish va boshqalar) bajaradi.

Aytish lozimki, O'zbekiston triatlon federasiyasi va hamkor tashkilotlar tomonidan o'tkazilayotgan  ushbu musobaqa yurtimizda ilk bor tashkil etilmoqda.

To'lqin RO'ZIEV

Boshqa xabarlar