Mehnatda ham, sportda ham doimo g'olib

65

Yaqinda Hindistonning Dehli shahrida sambo bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. Unda dunyoning 13 ta mamlakatidan 300 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. O'zbekiston sharafini himoya qilgan sambochilarimiz 12 ta oltin medalni qo'lga kiritib, jamoaviy hisobda birinchi o'rinni egalladi. Sportchilar safida «O'zmetkombinat» AJning elektrda po'lat eritish sexi ishchisi Sirojiddin Anorqulov ham bor.

Sirojiddin 2013 yildan buyon korxonaning elektrda po'lat eritish sexida ishlaydi. Bu yerdagi mashaqqatli mehnatiga qaramasdan u kombinatga qarashli «Yoshlik» sport majmuasida tashkil etilgan sambo to'garagiga qatnashardi.
Mashg'ulotlarda o'zini namoyon qildi. U 2016 yilda sportning jangovar sambo yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida oltin medal sohibiga aylandi. O'zbekiston milliy terma jamoasiga qabul qilinib, Bolgariyada tashkil etilgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Chempion nomiga sazovor bo'lgach, ushbu sport yo'nalishi bo'yi­­­cha bilim va ko'nikmalarini muntazam ravishda mustahkamlashida unga kombinat rahbariyati hamda kasaba uyushma qo'mitasi katta yordam ko'rsatib keldi.
Joriy yilning martida ­Moskvada sambo bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi. Anatoliy Xarlampiev xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan ushbu jahon kubogida 57 kg. vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritib, ushbu vaznda tengsiz deb topildi.
Sirojiddinga bundan keyingi mehnat va sportdagi faoliyatida zafarlar tilab qolamiz.

Dildora ALIMOVA,
Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining madaniy-ma`rifiy
va sport ishlari bo'yicha bosh mutaxassisi

Boshqa xabarlar