«Charm qo'lqop» ustalarining yorqin g'alabasi

67

Bir necha kunki bokschilarimizning jahon chempionatida qo'lga kiritgan ulkan yutug'i haqida yurtdoshlarimiz faxrlanib, to'lqinlanib gapirmoqda.

Ha, g'ururlanishga arzigulik ish bo'ldi. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida O'zbekiston «charm qo'lqop» ustalari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o'rinni zabt etishdi.
Bahodir Jalolov, Miraziz Mirzaxalilov va Shahobiddin Zoirov davlatimiz bayrog'ini baland ko'tarib, madhiyamiz yangrashiga sababchi bo'lishgan bo'lsa, Dilshodbek Ro'zmetov kumush, Bobousmon Baturov bronza medaliga ega chiqishdi.
Boksda «so'nggi raundning so'ng­­gi soniyalarida raqibingni ko'proq «do'pposla», shunda yutish ehtimoling oshadi» degan yozilmagan qoida bor. Menimcha, uning bokschilarimizga aslo daxli yo'q. Chunki, ular qaysi raundda bo'lmasin, raqibidan yaqqol ustunlik qilishmoqda. Buni ular Osiyo va Jahon chempionatlari hamda olimpiada o'yinlarida erishilgan ulkan yutuqlar bilan isbotlashdi. Ilgari boksda bayroqdor bo'lgan davlatlar vakillari ham bizga havas qilishayotgani ham ayni haqiqat.
Rahmat sizga, hammani o'ziga, O'zbekistonga qaratayotgan, qadrdonlar!
Barakalla, yurtini ulug'lagan mard o'g'lonlar!

Alijon ABDURAHMONOV,
«ISHONCH»

Boshqa xabarlar