“Damas” Mo'ynoqqa ketdi

242

Ma`lumki, Prezidentimiz joriy yilning avgust oyida Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi davomida Mo'ynoq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mazkur hududda yashayotgan aholini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, turmush darajasini oshirish masalasiga alohida e`tibor qaratib, qator tashabbuslarni ilgari surgan edi.

Belgilab berilgan vazifalar yuzasidan Kasaba uyushmalari Federasiyasi tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirilmokda. Xususan, “Ustozlar – kasaba uyushmalari e`zozida” Respublika tanlovining taqdirlash marosimida Qorakalpog'iston Respublikasi Mo'ynoq tumanidagi “Oq kema” bolalar sog'lomlashtirish oromgohiga “Damas” avtomobili sovg'a qilindi.

Avtomobil kaliti Mo'ynoq tumanidagi 2-umumiy o'rta ta`lim maktabi direktori, Ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Mo'ynoq tuman kengashi raisi Mirzabek Xojametovga topshirildi.

Yosh avlod vakillarini ma`naviy, jismoniy va intellektual jihatdan rivojlantirish, shuningdek, yozgi mavsum davomida o'g'il-qizlarning maroqli hordiq chiqarishlarini ta`minlashda muhim ahamiyatga kasb etayotgan muassasa uchun ushbu sovg'a munosib tuhfa bo'ldi.

Zebo NAMOZOVA,

“Ishonch.uz”

Boshqa xabarlar