“Spark” avtomobilining egasi ma`lum bo'ldi

532

Avval xabar berganimizdek, “Ustozlar – kasaba uyushmalari e`zozida” Respublika ko'rik-tanlovi yakuni bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tanlovning yakuniy bosqichi g'oliblari ma`lum qilindi.

Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumanidagi 1-umumiy o'rta ta`lim maktabining o'zbek tili va adabiyoti fani o'qituvchisi, boshlang'ich kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi Lobarxon Rustamova birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi hamda “Spark” avtomobili sohibasiga aylandi.

Taqdirlash marosimi tugagach, konsert dasturi boshlandi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sanatkorlar, Shahzoda, Mavluda Asalxo'jaeva, Ramiz Usmonov kabi xonandalar diltortar qo'shiqlari bilan mehmonlar kayfiyatiga ko'tarinkilik bag'ishlamokda.

Eslatib o'tamiz, biroz avval “Ehtirom” ko'krak nishoni ham o'z egalariga topshirilgan edi.

Ishonch.uz ni kuzatishda davom eting.

Ozoda RO'ZIQULOVA,

Ishonch.uz

Boshqa xabarlar