Kasaba uyushmasi Belarus Respublikasi fuqarosining arizasini qanoatlantirdi

72

Jizzax viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Belarus Respublikasi fuqarosining arizasini qanoatlantirdi. Bu haqda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning avgust oyida Jizzax viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashiga Belarus Respublikasi Grodnensk viloyatida yashovchi Anatoliy Kapыchin ariza bilan murojaat qilgan.

Arizada Anatoliy Kapыchin “Sangzortrans” MChJda mehnat faoliyati vaqtida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida 1-guruh nogironi bo'lib qolgani hamda mazkur tashkilot yetkazilgan zarar uchun tovon pulini 2019 yil fevral oyidan buyon to'lashni to'xtatganini qayd etib, tovon pullarini to'lab berilishida kasaba uyushmasidan amaliy yordam so'ragan.

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining mehnatni muhofaza qilish bo'limi ish beruvchi “Sangzortrans” MChJga jabrlanuvchi Anatoliy Mixaylovich Kapыchinning 2019 yilning 1 fevral oyidan 2019 yilning 1 sentyabr oyigacha to'lanmagan jami 1 439 380  so'mni to'lash bo'yicha taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnomada ko'rsatilgan tovon puli 2019 yil 17 sentyabr kuni “Sangzortrans” MChJ tomonidan to'lab berilgan.

Boshqa xabarlar