O'zbekiston vakili BMT majlisida raislik qildi

68

2019 yilning 28 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi qarorgohida O'zbekistonning Doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi Umumiy munozaralar yalpi majlisida raislik qildi. Bu haqda TIV xabar berdi.

4 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasida O'zbekiston ilk bor sessiya raisi o'rinbosari lavozimiga saylangan va mazkur vazifada 74-sessiya yakunlanadigan 2020 yilning sentyabr oyigacha faoliyat yuritadi.

O'zbekistonning BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi raisi o'rinbosari lavozimiga saylanishi mamlakatimizning turli sohalardagi, jumladan Bosh Assambleya tomonidan Markaziy Osiyo bo'yicha hamda ma`rifat va diniy bag'rikenglik bo'yicha tarixiy qarorlar qabul qilinishi, BMT shafeligida Orolbo'yi uchun Ko'psheriklikdagi Trast fond tashkil qilinishi bo'yicha sa`y-harakatlarining xalqaro miqyosda tan olinishidan darak beradi.

Boshqa xabarlar