Valentina Matvienko Toshkentga keldi

51

Rossiya Federasiyasi kengashi Federal Majlisi Federasiya kengashi raisi Valentina Matvienko rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda kun.uz nashri.

Xabarda ta`kidlanishicha, martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboeva, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Ilhomjon Ne`matov, Rossiya Federasiyasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev hamda boshqa rasmiylar kutib olishdi.

Hurmat belgisi sifatida Valentina Matvienkoga guldasta taqdim etildi.

Matvienkoning O'zbekistonga tashrifi 3 oktyabr kunigacha davom etadi. Tashrif davomida u Senat raisi Tanzila Norboeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuvlar o'tkazadi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Hamkorligi bo'yicha parlamentlararo komissiyasining majlisi  o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida O'zbekiston-Rossiya va Rossiya-O'zbekiston ishbilarmon doiralari kengashlarining majlisi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Devoni Tahliliy huquqiy boshqarmasi o'rtasida hamkorlik to'g'risida memorandum imzolanishi nazarda tutilgan.

Boshqa xabarlar