O'zbekistonda “Xalqaro qishloq ayollari kuni” nishonlanadi

75
Foto: togri.uz

15 oktyabr kuni O'zbekistonda “Xalqaro qishloq ayollari kuni” nishonlanadi. Qishloq xo'jaligi vazirligining ushbu taklifi hukumat tomonidan tasdiqlandi, deb xabar berdi togri.uz.

Xabarda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasi Qishloq xo'jaligi vazirligining 15 oktyabr sanasini “Xalqaro qishloq ayollari kuni” sifatida keng nishonlash to'g'risidagi taklifini ma`qulladi.

Barcha hokimliklar va tegishli idoralarga bayram tashkil etish topshirildi

Hukumat agrosanoat yo'nalishidagi tegishli tashkilotlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga joriy yilning 15 oktyabr kuni ushbu kunga bag'ishlangan mazmunli tadbirlar tashkil etishni topshirgan.

Dunyoda 2017 yildan beri nishonlanadi

Ma`lumot o'rnida, BMT Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabridagi yig'ilishida 15 oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb rasman e`lon qilingan. Bugungi kunda dunyoning ko'plab davlatlarida mazkur sana xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Boshqa xabarlar