Konfusiy instituti o'qituvchilari Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi

29

O'zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga Xitoyning Konfusiy instituti o'qituvchilari tashrif buyurdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti ishonch.uz’ga xabar qildi.

Qayd etilishicha, akademiyada Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Turkiya kabi davlatlardan tashrif buyurgan mutaxassislar hamkorligida harbiy ta`lim tizimini takomillashtirish, o'qituvchilarni zamonaviy metodika va ta`lim standartlari bilan tanishtirish bo'yicha qator mahorat darslari va mashg'ulotlar o'tkazilyapti.

Endilikda akademiyada o'qitiladigan xalqaro tillar qatoriga xitoy tilini ham qo'shiladigan bo'ldi. Shu munosabat bilan Xitoy xalq respublikasining yurtimizdagi elchixonasi vakillari va Konfusiy instituti o'qituvchilari akademiyaga tashrif buyurdi. Ular ishtirokida ochilajak o'quv kursining tartib-taomili, davriyligi va ahamiyatiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan so'ng mehmonlar Qurolli Kuchlar akademiyasi bilan yaqindan tanishdi va yurtimizning oliy harbiy ta`lim tizimiga munosib baho berishdi.

Boshqa xabarlar