Odamlar roziligi uchun

62

Gazetaning shu yil 13 avgust kungi sonida chop etilgan «Mojrum sayyohlarni maftun etadi, ammo…» sarlavhali maqolasiga Jizzax viloyati hokimligi quyidagicha munosabat bildirdi:

Mojrum qishlog'i olis Forish tumanining «Do'stlik» MFY hududida joylashgan bo'lib, ayni paytda bu yerda «Obod qishloq» dasturi doirasida ijtimoiy soha ob`ekt­lari va kommunikasiya tarmoqlari ta`mirlanmoqda. Xususan, qishloqdan sayyohlik markaziga olib boruvchi 5,8 kilometr­lik yo'lning 4,1 kilometrlik qismida ta`mirlash ishlari bajarilmoqda. Yo'lning qolgan qismi esa dastur doirasida bosqichma-bosqich ta`mirlanadi.
Eski Forish va Mojrum qish­loqlarida 2 ta transformator punkti qurilib, 6,5 kilometrlik yangi elektr tarmoqlarini tortish va 86 ta tayanch ustunlar o'rnatish ishlari yil yakuniga qadar bajariladi. Bu ishlar mas`ul mutasaddilarning alohida nazoratiga olingan.
Bundan tashqari, shu yil 22 mayda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikasiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident qaroriga muvofiq Forish tumanida ham reja asosida telekommunikasiya tarmoqlari faoliyati yo'lga qo'yiladi.

A.RAHMONQULOV,
Jizzax viloyati hokimi o'rinbosari

Boshqa xabarlar