“O'zbekiston teatrlari” kitobi nashrdan chiqdi

41

     Jamoatchilikni teatrlarimiz faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Madaniyat vazirligi tomonidan “O'zbekiston teatrlari” kitob-albomi tayyorlanib, chop etildi. Bugun vazirlikda san`atshunos olimlar, teatr arboblari va ijodkorlar ishtirokida mazkur albomning taqdimot marosimi bo'lib o'tdi. 

   Kitob-albomda yurtimizdagi 37 ta teatrlar haqida o'zbek, rus va ingliz tillarida ma`lumotlar berilib, ijodiy jamoalarning jonkuyar a`zolari fotosuratlari birma-bir joylashtirilgan. Shuningdek, unda teatrlarning tarixi, muvaffaqiyat keltirgan va keltirayotgan spektakllardan fotolavhalar, ijodiy salohiyati sabab san`at ixlosmandlariga manzur bo'layotgan teatr jamoalari haqida batafsil ma`lumotlarga ega bo'lish mumkin. Albom 500 nusxada nashr etildi.   

Zebo NAMOZOVA,

Ishonch.uz

Boshqa xabarlar