Buxoroda 41 000 ga yaqin ishchining faoliyati legallashtirildi

16

Buxoro viloyatidagi 12 mingdan ortiq xo'jalik yurituvchi sub`ektlarda ishlab kedayotgan 40628 nafar xodimning faoliyati legallashtirildi.

Buxoroda viloyat davlat soliq idoralari hamda bandlik va mexnat munosabatlari boshqarmalari xodimlari bilan birgalikda norasmiy faoliyat yuritayotgan ishchilarni legallashtirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, hamkorlikda o'tkazilayotgan bunday tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad joylarda uchrab turgan soliq qonunchiligi buzilishlarining oldini oldish, soliqdan qochish holatlariga barham berish va konvert usulida ish haqi olayotgan fuqarolarning haq-huquqlari tiklashga qaratilgan.

Legalizasiya ishlari kameral nazorat hamda xronometraj usullarida olib borilmoqda.

Bugungi kunga qadar viloyatdagi 12 mingdan ortiq xo'jalik yurituvchi sub`ektlarda 40628 nafar xodimning faoliyatini legallashtirishga erishildi.

Sohalar bo'yicha ko'radigan bo'lsak, bu ko'rsatkich yil boshidan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 10501 ta;

ishlab chiqarish korxonalarida 10473 ta;

qurilish korxonalarida 7894 ta hamda qishloq xo'jaligi korxonalarida 11755 tani tashkil etadi.

Taqdim qilingan ma`lumotlarga ko'ra joriy yil yakuniga qadar ushbu raqamni 55 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.

Boshqa xabarlar