Plastik kartadagi pullar ishonchlimi?

46

yoxud «Qishloq qurilish bank»
mijozlariga qanday
xizmatlarni taklif etmoqda?

To'lov va xaridlarni naqd puldan ko'ra plastik kartalar orqali amalga oshirish ancha qulay ekani hech kimga sir emas. Shu bilan birga, plastik kartalardan firibgarlik yo'li bilan pul o'g'irlash holatlari ham mavjudki, aziyat chekkan kishilar buning qanchalik og'ir kechinmalarga sabab bo'lishini yaxshi bilishadi. Xo'sh, bundan qanday himoyalanish mumkin? Banklarda bunga qarshi qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Bu kabi savollarga ATB «Qishloq qurilish bank» tomonidan «Naqd pulsiz amaliyotlar: yangi texnologiya­lar va xizmatlar» mavzusida tashkil etilgan matbuot anjumanida mutaxassislardan javob olindi.
– Bank mijozlarning pullari xavfsizligini ta`minlash, kiberhujumlarning oldini olish, himoya tizimlarini kuchaytirishga alohida e`tibor qaratadi. Lekin ba`zida mijoz ehtiyotsizlik qilib, o'ziga berilgan maxfiy kodlarning uchinchi tomonga oshkor bo'lishiga yo'l qo'yishi oqibatida hisobidagi mablag'lardan ajrab qolish holatlari ham uchrab turadi. Bunday holatga uchramaslik uchun, avvalo, xavfsizlik talablariga rioya etish, shaxsiy hisobraqamga oid ma`lumotlarni oshkor qilmaslik talab etiladi.
Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar bank mijozlariga «HUMO» to'lov tizimida ishlaydigan 27 ming dona plastik karta taqdim etilgan hamda 8 mingdan ortiq to'lov terminali tarqatilgan. Qolaversa, bankning masofaviy xizmatlarini rivojlantirish, xavfsizlikni ta`minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirda jismoniy shaxslarga «Depozit-banking», «SMS-xabarnoma», «Mobil-banking» xizmatlari, yuridik shaxs­larga esa «SMS-banking», «Internet-banking» xizmatlari ko'rsatilmoqda.
Bankning respublika hududlarida 24/7 rejimida kecha-yu kunduz xizmat ko'rsatuvchi shoxobchalar tarmog'i 35 taga yetdi. Mazkur shoxobchalarda avtomatlashtirilgan, AQSh dollari va yevro xorijiy pul birliklarini so'mga ayirboshlovchi, xalqaro to'lov tizimlari – VISA, Mfstercard, Unionpay, MIP kartochkalari orqali ham o'tkazmalarni amalga oshirish imkonini beruvchi bankomatlar ishga tushirilgan.
Anjumanda bank xizmatlarini osonlashtirish, plas­tik kartochkalar hisobvaraqlaridan to'lovlarni amalga oshirish uchun «QQB-mobile» mobil ilovasi takomillashtirilgani ham aytib o'tildi.

O'z muxbirimiz

Boshqa xabarlar