O'zbekiston mudofaa vaziri Ozarbayjonga jo'nab ketdi

57
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

O'zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi harbiy delegasiya Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) ga a`zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig'ilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga jo'nab ketdi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti.

Tashrif davomida O'zbekiston va Ozarbayjon mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv o'tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv davomida harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, O'zbekiston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari o'rtasida harbiy hamkorlik rejasining loyihasi ham imzolanishi kutilmoqda.

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) ga a`zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig'ilishi ertaga, 30 oktyabr kuni Boku shahrida bo'lib o'tadi. Unda Rossiya Federasiyasi, Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston Respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, Mudofaa vazirlari kengashining bundan oldingi yig'ilishiga O'zbekiston mezbonlik qilgan edi.

Boshqa xabarlar