Halollik e`tirofi

91

Kelgusi yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish bo'yicha amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to'g'risidagi videoselektor yig'ilishida vazirlik, idora, xo'jalik birlashmalari, yirik korxonalar va tashkilotlar xodimlari o'rtasida turli ommaviy madaniy va sport tadbirlari, shu jumladan, «Bosh vazir kubogi» musobaqasini uyushtirishga qaror qilingan edi.

Shu munosabat bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan sportning futbol (erkak­lar) hamda voleybol (ayollar) turi bo'yicha «Bosh vazir kubogi» musobaqalari tashkil etildi.

64 ta jamoa qatnashgan shiddatli va murosasiz futbol bahslarida O'zbekis­ton kasaba uyushmalari Federasiyasi jamoasi faol ishtirok etdi. Finalda «O'zbektelekom» jamoasini kichik hisobda mag'lub etgan Oliy sud jamoasi «Bosh vazir kubogi»ga ega chiqqan bo'lsa, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi jamoasi «Fair play Jamoasi» nominasiyasi g'olibiga aylandi.

1500 nafarga yaqin xodimlarni sog'lom turmush tarziga oshno tutintirgan, qizg'in va murosasiz, eng muhimi, do'stona ruhda o'tgan musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Salim ABDURAHMONOV,
«Ishonch»

Boshqa xabarlar