G'oliblar keyingi bosqichda

20

Ishchi-xodimlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug'ullanishi «COSCOM» MChJ korxonasi («Ucell» savdo belgisi) rahbariyati va korxona kasaba uyushma qo'mitasi faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisob­lanadi.

Shu bois kompaniyada turli sport tadbirlari tez-tez o'tkazib turiladi. Bunday musobaqalar xodimlarning nafaqat sog'ligi, balki hamkasblarning o'zaro maroqli dam olishiga ham g'oyat foydali. Kuni kecha o'tkazilgan stol tennisi bo'yicha musobaqa ham bunga yorqin misoldir.
Mazkur musobaqada 40 nafarga yaqin xodim o'z iqtidori va mahoratini sinab ko'rdi.
M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent shahar filialining sport majmuasidagi bellashuvda texnologiyalar departamentining muhandisi Komila Shamsutdinova, moddiy boyliklarni xarid qilish departamentining eksperti Nodirxon Alautdinov va texnologiyalar departamentining guruh rahbari Vyacheslav Soy g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Endi ular kelgusi oyda Toshkent shahridagi aloqa korxonalarining stol tennischilari o'rtasida o'tkaziladigan shahar birinchiligida qatnashadi.

Ra`no MAHKAMOVA,
«ISHONCH»

Boshqa xabarlar