Jamoa manfaati ro'yobi

37

«Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyatida 895 nafar kasaba uyushma a`zosi mehnat qilmoqda.

Ularning mehnat munosabatlari borasida haq-huquqlarini himoya qilish, mehnat qonunchiligiga qat`iy amal qilinishini ta`minlash, ishchi-xodimlarni mehnatiga yarasha taqdirlash, moddiy-ma`naviy yordam ko'rsatish, turli tadbirlarni tashkil etish kasaba uyushma qo'mitasining asosiy vazifalari hisob­lanadi.
Shu yilda kam ta`minlangan va baxt­siz hodisalar tufayli boquvchisini yo'qotgan oilalarga bayramlar arafasida 4 million 500 ming so'mlik oziq-ovqat mahsulotlari beminnat tuhfa etildi. Bundan tashqari, korxonada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib, keksalik nafaqasiga chiqqan sobiq ishchi-xodimlarga sog'lik­larini tiklash uchun 14 million 300 ming so'mlik moddiy yordam ko'rsatildi.
Navro'z bayrami munosabati bilan korxonada xizmat qilayotgan ellik nafar xodim Xorazm viloyatining diqqatga sazovor joylariga sayohatga borib kelgan bo'lsa, mustaqillik bayrami oldidan 47 nafar vakilimiz Qashqadaryo viloyatiga sayohat qilishdi. 52 nafar ishchimiz kasaba uyushma qo'mitasi mablag'i hisobidan mamlakatimizdagi turli sanatoriylarda dam olib kelgan bo'lsa, yana ikki nafar vakilimizga Yalta shahridagi «O'zbekis­ton» sanatoriysida dam olish uchun imtiyozli yo'llanma berildi. 45 nafar bola so'lim «Ishonch» yozgi bolalar dam olish oromgohida hordiq chiqarishdi.
Jismoniy tarbiya va sportning shaxmat-shashka, voleybol, mini-futbol, arqon tortish, yugurish kabi sakkizta turi bo'yicha korxona va uning tumanlarda joylashgan quyi tizimlari xizmatchilari o'rtasida qiziqarli musobaqalar o'tkazish ham an`anaga aylangan. Quvonarlisi shuki, joriy yilning birinchi choragida korxonamizning ahil jamoasi uchun zamonaviy mini-futbol maydonchasi qurib bitkazildi. Bu esa jamoa a`zolariga juda manzur bo'ldi.

Shavkat TURSUNOV,
«Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ kasaba uyushma
qo'mitasi raisi

Boshqa xabarlar