Malaka bor – muammo yo'q

22

Boshlang'ich tashkilotda ishning qay darajada yo'lga qo'yilishi birinchi navbatda kasaba uyushma qo'mitasi raisi, uning bilim darajasi va salohiyatiga bog'liq.

Joriy yilning 7-11 oktyabr kunlari Toshkent shahrida O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining O'quv markazi o'tkazgan navbatdagi o'quv kunlarida Toshkent shahri hamda viloyatlarda faoliyat yuritayotgan tuman va shahar xalq ta`limi bo'limi ­boshlang'ich kasaba uyushma qo'mitalari raislari hamda umumiy o'rta ta`lim maktablari boshlang'ich kasaba uyushma qo'mitalari raislaridan iborat 25 nafar ting­lovchi ishtirok etdi.

O'quv mashg'ulotlarida O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi kengashining tashkiliy ishlar bo'yicha mutaxassisi M.Xuddiev, O'quv markazi direktori I.Umaroxunov, Ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh yuristkonsulti D.Muhammedalieva hamda ijtimoiy himoya masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi L.Turikova, O'zbekis­ton xalqaro islom akademiyasi kafedra doktaranti N.Muhammedovlar o'tgan o'quv mashg'ulotlari bahs va munozaralarga boy bo'ldi.

Ushbu o'quv mashg'ulotlarida biz faoliyatimiz davomida duch kelayotgan muammolar va to'siqlar, yechimini kutayotgan masalalarga javob topdik, deb o'ylayman. Ko'tarilgan bir qator mavzular asosida faoliyatimizga tegish­li qonunlar hamda sohaga oid me`yoriy hujjatlar xususida batafsil ma`lumotlarga ega bo'ldik.

Gavhar HAQNAZAROVA,
Navbahor tumani xalq ta`limi bo'limi
boshlang'ich kasaba uyushma qo'mitasi raisi

Boshqa xabarlar