«OQTOSh»DA XALQARO KONFERENSIYa BO'LIB O'TMOQDA

82

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi qoshidagi Sanator-kurortlar boshqarmasi, Prezident Administrasiyasining tibbiyot bosh boshqarmasi hamda Sog'liqni saqlash vazirligi hamkorligida «Oqtosh» sanatoriysida «O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'lig'ini saqlash va tiklashda sanator-kurort muassasalarining o'rni va ahamiyati» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tmoqda.

Unda Belorussiya, Bolgariya, Ozarbayjon, Gresiya, Malayziya, Qirg'iziston kabi xorijiy davlatlar vakillari, shuningdek, respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan sanatoriylar rahbarlari ishtirok etyapti.

Xalqaro konferensiyada Sanator-kurortlar boshqarmasi boshlig'i Anvar Ahmedov O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tasarrufidagi sanatoriylar faoliyati, so'nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar haqida ma`ruza qildi.

Ma`lumot o'rnida aytish joizki, konferensiyaning asosiy ilmiy yo'nalishlarini sanator-kurort muassasalarini boshqarish tizimini tashkil etish, davolash ishlarida xalq tabobatidan foydalanish, sanatoriylarda yuqumli bo'lmagan surunkali kasalliklarni davolash, muassasalarda diagnostika va davolash standartlarini tatbiq etish, parhez ovqatlanishni tashkil etishda zamonaviy yondashuv, shuningdek, sog'lomlashtirish turizmida qo'llanuvchi zamonaviy texnologiyalarni qo'llashda jahon tajribasi kabi mavzular tashkil qiladi.

A`zam ABULFAYZOV,

«ishonch.uz»

Boshqa xabarlar