XALQARO KONFERENSIYa QIZG'IN MUHOKAMALARGA BOY BO'LMOQDA

80

Avval xabar qilganimizdek, «Oqtosh» sanatoriysida bo'lib o'tayotgan «O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'lig'ini saqlash va tiklashda sanator-kurort muassasalarining o'rni va ahamiyati» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya soha vakillari uchun tajriba almashish imkonini bermoqda.

Xususan, belaruslik ishtirokchilarning o'z davlati tibbiy reabilitasiya va fizioterapiyaning rivojlanishi, bunda Belarus davlat tibbiyot universitetining qo'shgan hissasi, amaliy tajribalar haqidagi ma`ruzasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi.

Bolgariyaning FIZ Yevro-O'rtaerdengiz universiteti vakili Vesela Kexaevaning Bolgariyada sanator-kurortlar xizmatlari, kurortlar faoliyati, ularning joylashgan hududi va ajralib turuvchi jihatlari haqida bergan ma`lumotlari ham barchaga manzur bo'ldi.

Sog'liqni saqlash vazirligining fizioterapiya va kurortologiya bo'yicha bosh mutaxassisi Adibaxon Usmonxo'jaevaning O'zbekistonda fizioterapiya xizmati tarixi, bugungi kundagi holati va erishilgan natijalar xususidagi ma`ruzasi qatnashchilar tomondan qizg'in muhokama qilindi.

A`zam ABULFAYZOV,

Ishonch.uz

Boshqa xabarlar