MUZLATKIChLAR AYNI VAQTIDA BERILDIMI?

186

 

Qashqadaryo viloyat g'allakorlari ulkan xirmon bunyod etishdi. O'rim-yig'im paytda fidoyilik ko'rsatgan xizmatchilar taqdirlandi. Oz emas, ko'p emas naqd 940 ta muzlatkich yig'im mavsumida jonbozlik ko'rsatganlarga berildi. Tafsilotlar “Qashqadaryo” gazetasida yoritildi.

Maqolani to'liq quyida o'qing!   

 

 

G'ALLA MAVSUMIDA IShLAGAN OTRYaD A`ZOLARIGA 940 TA MUZLATKICh TOPShIRILDI

Viloyat musiqali-drama teatri yonidagi xiyobonda g'alla o'rim mavsumida faollik ko'rsatgan xodimlarni rag'batlantirishga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

Ma`lumki, mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish,  hosilni qisqa fursatlarda yig'ib olish maqsadida viloyatda 470 ta o'rim otryadlari tashkil etilib, har bir otryadga bir donadan zamonaviy o'rim kombaynlari, bittadan ko'chma ustaxona, yoqilg'i tashish vositalari, don tashish uchun 2847 dona tashish texnikalari biriktirilgan edi.

O'rimning qisqa fursatda, samarali amalga oshirilishi,  ishlarning tizimli ravishda tashkil etilishi va pirovardida 510 ming tonnadan oshiq don xirmonining yaratilishida otryad a`zolarining ham munosib hissasi bo'ldi.

Tantanali tadbirda so'zga chiqqan viloyat hokimi bu haqda gapirar ekan, mavsum davomida faollik ko'rsatgan barcha otryad a`zolariga minnnatdorchilik bildirdi. 470 ta otryad rahbari hamda mavsum davomida yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmaslik, talon-torojga yo'l qo'ymaslik borasida faollik ko'rsatgan yana shuncha IIB xodimlariga sovg'a sifatida zamonaviy muzlatkichlar topshirildi.

Viloyat san`at ustalari tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi yig'ilganlarga yanada bayramona kayfiyat bag'ishladi.

J.BOYMURODOV

2019 yil 12 iyul, 55-son

“Qashqadaryo”  gazetasi

Boshqa xabarlar