Shuhrat Abdurahmonov: “Hech kim uyiga sovg'asiz ketmaydi…”

745

Andijonda bilimdon yoshlar, faol sportchilarni taqdirlash maqsadida tashkil etilgan madaniy-ma`rifiy tadbirda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov o'quvchilari eng zukko kitobxon sifatida e`tirof etilgan Jalaquduq, Xo'jaobod hamda Qo'rg'ontepa tumanlaridagi qator maktablarga uch mashina kitob tuhfa qildi.

Prezidentimiz ilgari surgan besh muhim tashabbus doirasida yakunlanayotgan yil davomida olib borilgan sa`y-harakatlarning o'ziga xos sarhisobi sifatida o'tkazilgan tantanali marosimda viloyatda istiqomat qilayotgan 7 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan 1 million 280 mingdan ziyod yigit-qizlar turli tadbir, mashg'ulot va bellashuvlarga faol jalb qilinganligi ta`kidlandi.

Shuhrat Abdurahmonovning mamnuniyat bilan qayd etishicha, yakunlanayotgan yilda viloyat sportchilarining ko'rsatkichlari o'tgan yilga nisbatan ikki karra o'sgan. Medal jamg'arish bo'yicha ham natijalar chakki emas – bu borada andijonlik yoshlar mamlakatimiz hududlari orasida yetakchi.  

Tadbirda barcha yo'nalishlar bo'yicha peshqadam yoshlar kitob hamda sport jihozlari xarid qilish uchun 30 million so'mdan 100 million so'mgacha bo'lgan sertifikatlar hamda qimmatbaho sovg'a-salomlar bilan siylandi. Tengdoshlariga har jihatdan o'rnak bo'luvchi farzandlarni tarbiyalayotgan onalar ham uylariga hokimning tuhfasi – maishiy texnika jihozlari bilan qaytishdi.

ishonch.uz

Boshqa xabarlar