Faoliyatga tahliliy nazar

777

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Malaka oshirish institutida Federasiya Kengashi Rayosatining 16-yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishni kasaba uyushmalari Federasiyasi raisi Qudratilla Rafiqov olib bordi.

Unda Federasiya Kengashi apparati, tarmoq kengashlari va hududiy birlashmalar raislari ishtirok etdi. Tadbirda kun tartibidagi muhim masalalar tahlil etildi. Xususan, faoliyatda yo'l qo'yilayotgan kamchilik va nuqsonlar ochiq bayon qilindi.
Jumladan, Surxondaryo viloyatidagi kasaba uyushma tashkilotlarining joriy yildagi faoliyatini o'rganish jarayonida jamoa shartnomalarini tavsiya etilgan maketga moslashtirish, ularning ijrosini ta`minlash, yil yakunlari bo'yicha muhokamasini o'tkazish borasida sustkashlikka yo'l qo'yilgan, qator korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat muhofazasiga oid qonunchilik hamda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilmagani qayd etildi.
Toshkent viloyatidagi kasaba uyushma tashkilotlarining ustavlar bilan belgilangan vazifalarning bajarilish holati o'rganilganda ham qator kamchilik va muammolar borligi aniqlangan.
Viloyatdagi kasaba uyushma tashkilotlarining moliyaviy faoliyati o'rganilganda hujjatlarni to'g'ri rasmiylashtirishda xatoliklar borligi ayon bo'ldi. Qolaversa, ijtimoiy sug'urta byudjeti mablag'lari hisobidan sanatoriylarga berilgan yo'llanmalardan foydalanishda kamchilik­larga yo'l qo'yilgan. Mehnat muhofazasi sohasida ham ishlar ko'ngildagidek emas.
Ushbu holatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli muddatda kamchiliklarni to'liq bartaraf etish vazifasi yuklatildi.
Rayosat yig'ilishida joriy yilgi paxta-yig'im terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnat yuzasidan Milliy monitoring natijalari hamda mavsumda yuridik klinika faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash borasidagi ishlar ham ko'rib chiqildi. Shu bilan birga kun tartibidan joy olgan Federasiya tizimidagi kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylovlari o'tkazish, boshlang'ich kasaba uyushma tashkilotlarini inventarizasiyadan o'tkazish natijalari, «Faol inves­tisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» bo'yicha qabul qilingan O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining tarmoq ­dasturi ijrosi hamda Federasiya Kengashi Rayosatining 15- va 16-yig'ilishlari oralig'idagi qarorlarini tasdiqlash to'g'risidagi axborotlar tinglanib, Rayosat qarorlari qabul qilindi.

A`zam ABULFAYZOV,
«ISHONCH»

Boshqa xabarlar