Toshkent davlat stomatologiya institutida rektor stipendiyasi ta`sis etildi

90

Toshkent davlat stomatologiya institutida talabalarni qo'shimcha rag'batlantirish, ularni faol yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, munosib taqdirlash maqsadida rektor stipendiyasi joriy qilindi. Stipendiya egalarini institut ilmiy kengashi qarori bilan tasdiqlangan ishchi guruh aniqlaydi.

Bu haqda 2020 yil 31 yanvar kuni institutda rektor va talabalarning ochiq muloqotida rasman e`lon qilingan.

Rektor stipendiyasi miqdori 500 ming so'm bo'lib, 2019/2020 o'quv yilining bahorgi semestridan ta`sis etiladi va butun semestr davomida beriladi.

Mazkur stipendiyani qo'lga kiritish uchun talaba institutning barcha fanlarini chuqur o'zlashtirishi, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlari, tanlov hamda fan olimpiadalari sertifikatlariga ega bo'lgan, sport va ma`naviy tadbirlarda ishtirok etishi, IELTS va boshqa til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo'lishi lozim.

Rektor stipendiyasi uchun nomzodlar dekanat va Yoshlar ittifoqi talabalar kengashi tavsiyanomasiga ko'ra, tanlov asosida saralab olinadi.

Shuningdek, institutda izlanuvchan pedagoglarning “Skopus” tizimidagi xalqaro jurnallarda chop qilingan har bir maqolasi uchun 3 mln. so'm gonorar ham joriy qilingan.

Boshqa xabarlar