Kim qancha stipendiya oladi?

97

Hukumatning 2020 yil 31 yanvardagi “Oliy ta`lim muassasalari talabalariga to'lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to'lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 59-son qarori bilan 2020 yil 1 fevralidan boshlab, talabalarga yangi tartib asosida stipendiya taynilanadi.

Yangi tartibga ko'ra, kim qancha stipendiya oladi?!
Dastlab, barcha talabalar (stipendiyasiz kontrakt to'laganlar bundan mustasno) olgan bahosidan qat`iy nazar 428 000 so'm stipendiya oladilar.

Endi talabaning o'zlashtirishi, faolligi va ijtiomiy ahvolidan kelib chiqib, qo'shimcha rag'batlanarkan.
“A`lochi” talabalar (reyting ko'rsatkichi – 86 ball va undan yuqori) 513 600 so'm (428 000 + 20%) stipendiya oladi.

Agar “a`lochi” talaba iqtidorli, jamoat ishlarida faol yoki ijtmoiy himoyaga muhtoj bo'lsa, unga yana belgilangan stipendiyaga nisbatan qo'shimcha 50 foiz yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi: 513 600 + 50% = 771 000.

Demak, “5” bahoga o'qiydigan, iqtidorli va faol talabalar 771 000 gacha stipendiya olishi mumkin ekan.

“Yaxshi” bahoga o'qiydigan talabalar 428 ming so'm stipendiya oladi. “4” bahoga o'qiydigan iqtidorli, jamoat ishlarida faol yoki ijtmoiy himoyaga muhtoj bo'lgan talabalarga ham ularga belgilangan stipendiyaga nisbatan qo'shimcha 50 foiz yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi: 428+50%= 642 000.

“Qoniqarli” bahoga o'qiydigan talabalar 428 000 so'm stipendiya oladi.

O'quv semestrini fanlarning 30 foiz va undan ortiq qismi “qoniqarli” o'zlashtirish bilan yakunlagan (reyting ko'rsatkichi – 71 balldan kam) davlat grantidagi talabalarga navbatdagi o'quv semestrida stipendiya tayinlanmaydi.

Yuqoridagilarning barchasi oliy ta`lim muassasalarida davlat granti yoki stipendiyali to'lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalarga taaluqli.
Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi 2019/2020 o'quv yilidan boshlab, to'lov-kontraktni “stipendiyali” yoki “stipendiyasiz” tarzda to'lash tartibini joriy qildi (https://t.me/eduuz/1262).

“Stipendiyasiz” to'lov-konrakt asosida o'qish istagini bildirgan talabalarga yillik to'lov-kontrakt qiymatidan 4,8 mln so'm (bazaviy stipendiyaning bir yillik to'lovi) chegirib tashlab, to'lagan.

Yangi tartibga ko'ra, stipendiyasiz kontrakt to'lagan talaba ham rag'batlantiriladi. OTMlarda tashkil qilinadigan Talabalarni rag'batlantirish jamg'armasidan o'quv semestrini “a`lo” baho (reyting ko'rsatkichi – 86 ball va undan yuqori)lar bilan yopgan stipendiyasiz to'lov-kontrakt asosida o'qiydigan talabalar stipendiya bazaviy miqdori (428 000)ning 20 foizi miqdorida rag'batlantiriladi.

Bundan tashqari stipendiyasiz kontrakt to'lagan talabalar xalqaro, respublika va oliy ta`lim miqyosida o'tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari g'oliblariga beriladigan SBMga nisbatan
10 baravargacha miqdordagi bir martalik rag'batlantirish olishlari mumkin.

Qolaversa, oliy ta`lim muassasasi kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (kasalligi yoki oila a`zolarining vafoti kabi) talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha miqdorda bo'lgan bir martalik beriladigan moddiy yordam ham stipendiyasiz to'lov-kontraktda o'qiydigan talabalarga berilishi shart.

Boshqa xabarlar