Deputat o'ziga nisbatan informasion hujum uyushtirilayotganini ma`lum qildi

111

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev o'ziga nisbatan informasion hujum boshlanganini ma`lum qildi.

«Menga qarshi bir nechta nomardlar birlashib, «informasion ataka»ga buyurtma berishibdi. Sababi shundoq ham ma`lum…

Qamroviga qaraganda kichkina kuchlar emas.

Shu bois men haqimdagi hamma gapga ham ishonaverish kerakmas, nimadir gap bo'lsa, o'zim ma`lum qilaman», deya yozgan deputat.

Eslatib o'tamiz, Rasul Kusherbaev avvalroq «Snos» epidemiyasining ikkinchi to'lqini boshlangani haqida fikr bildirgan edi.

Boshqa xabarlar