“Narxoz”ga imtihonsiz kirish imkoni yaratiladi

77

2020/2021 o'quv yilidan boshlab tashkil etiladigan “Narxoz”ning tayyorlov kurslari bitiruvchilari universitetga kirish sinovlarisiz to'lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Bu haqda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan “Yo'l xaritasi” loyihasida keltirib o'tilgan.Uch shaharda “Narxoz”ning filiallari ochiladi

Hujjatga asosan 2020/2021 o'quv yilida tayyorlov kursi tashkil etish va belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.  

Shuningdek 2020/2021 o'quv yilidan boshlab tashkil etiladigan tayyorlov kurslari bitiruvchilarini universitetga kirish sinovlarisiz to'lov-kontrakt asosida qabul qilish tizimini joriy etish

O'quv kurslari tashkil etish va bajarilish muddati 2020 yil sentyabr qadar belgilangan.

Ijro uchun mas`ullar – Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Boshqa xabarlar