«UZAUTO MOTORS» ORTIDA KIMLAR BOR?

179

Prezidentning gapiga ham «qilt» etmadi bu tashkilot

«UzAuto Motors»da uyat qolmabdi. …Avval soliq imtiyozlariga ega bo'lgan «UzAuto Motors» kompaniyasi 2019 yilning oktyabr ­oyidan boshlab O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq soliqlarni umumiy asoslarda, jumladan, QQS bo'yicha to'lashni boshladi. 2019 yilda kompaniya 2,5 trln. so'm soliq to'lagan bo'lsa, joriy yil uchun esa ushbu ko'rsatkich 4,2 trln. so'mni tashkil qilishi kutilmoqda, debdi o'z bayonotida.
Endi to'layotgan solig'iniyam xalqning peshona teri bilan topgan pulidan qoplarkanda bular. Xalq sizlarga, nega o'zimizda chiqqan moshin Rossiya yoki Qirg'izistonda sotilayotgan shu moshinlardan ikki baravar qimmat, deb oddiy savolga javob so'rayapti. Sizlar esa yana chalg'ityapsizlar. U oshdi, bu oshdi deyishdan oldin oddiy odamlarning daromadiniyam o'ylash kerak emasmi, yo umr bo'yi musofirchilikda yurib ishlasa topadi, deb o'ylaysizlarmi?
Xalq qariyb 20 yildan buyon shu monopoliya bilan kurashadi. Hatto, bir gal Prezident ham gapirdi. Lekin «qilt» etmaydi bu tashkilot. Bundan shu narsa aniq bo'layaptiki, buning ortida juda katta kuchlar turibdi. Lekin qanday kuch bu? Shu savol kun sayin kattarib bormoqda…

Platforma.Uz:

Boshqa xabarlar