Kasaba uyushma a`zosi bo'lganimdan — faxrlanaman!

34

          Men, Buxoro shahar Bandlikka ko'maklashish markazi inspektori D.Navro'zova oilaviy yashash sharoitim og'irligi, bir necha yillardan buyon ijarada turishim, nogiron farzand tarbiyalayotganligim hamda xududdagi maxallada kam ta`minlangan oila sifatida ro'yxatda turishimni inobatga olib, boshlang'ich kasaba uyushma qo'mitasi nomiga “Umid Gulshani” sanatoriyasiga bepul yo'llanma ajratilishida amaliy yordam berishni so'rab ariza bilan murojaat qildim.

Boshlang'ich kasaba uyushma qo'mitasi raisi D.Karimova menga zarur bo'lgan xujjatlarni tayyorlab berdi hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro shaxar kengashiga yubordi.

Shahar kengashi tomonidan, hujjatlarim o'rganib chiqildi o'zida 12 kun muddatga “Umid Gulshani” sanatoriyasiga bepul yo'llanma ajratildi.

Murojaatim zudlik bilan ko'rib chiqilib, ijobiy hal etilgani uchun Buxoro shahar Bandlikka ko'maklashish markazi boshlang'ich kasaba uyushma qo'mitasi raisi D.Karimova hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro shahar kengashiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Men kasaba uyushma a`zosi bo'lganimdan faxrlanaman!

D.NAVRO'ZOVA,

Buxoro shahar Bandlikka

ko'maklashish markazi

boshlang'ich kasaba uyushmasi

qo'mitasi a`zosi

Boshqa xabarlar