KIShT, KORONAVIRUS!!!

97

Katta-yu kichiklar, kasbdoshlar, ko'p kuyinavermasdan kallani ko'taring, karaxtlanmang. Ko'rguligimizga Karami keng kushoyish ko'rsatur. Keling, kekkaymaylik, kesatmaylik-da ko'pchiliklashib kengashaylik, kelishaylik, kuchlilarcha keskin kurashaylik. Kufr ketmay, kecha-yu kunduz Kalomullo kitobidan kalimago'yligimizni ko'rsataylik. Ko'rasiz, kelgindi koronavirusning kunini ko'rsatamiz, kabobday kuydirib, kafan kiydirvoramiz.

Ko'ringan ko'zga kulfatli ko'rinmay, kazo-kazo kadrlarimiz ko'rsatgan kasallikning klinik ko'rsatmalariga ko'nikaylik. Ko'ksimizdagi ko'ngil ko'zgusini kuzatib kutaylik, ko'r-ko'rona ko'rmaganlarimizni ko'pirtirsak, keraksiz kalomlar ko'pchib ketadi.

Ko'cha-ko'yda ko'rishganimizda kulib, kayfiyatimizni ko'taraylik, kishilarga ko'maklashaylik. Kamina kafil, kutilmagan ko'tarinkilikni ko'rganidan keyin kasofat koronavirus kabi kasalliklar kishanlanib, kulbalarimizdan, ko'rkam kishvarimizdan ko'tariladi-yu, kavushini kiyib, ko'rsichqonday kelgan kovagiga kirib ketadi.

Kerakligi – karantindagi kasallangan kishilarimiz kundan-kun kasallikni ketkazib, kelgusida kelin-kuyovlari kamarbastaligida kam-ko'stsiz kichkintoylarining kamolini ko'rib keksaysinlar.

Sohibjon Hazratqulov,
Andijon viloyati “Bo'z hayoti” gazetasi muharriri

Boshqa xabarlar