YoShLAR VAKILLARI BILAN OChIQ MULOQOT

26

Namangan viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasida “Birlashmaning 2020 yilda yoshlarga oid siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlari” mavzuida  ochiq muloqot o'tkazildi.

Unda Yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashi raisi O'.Polvonbaev, tarmoq kasaba uyushmalari shahar kengashlari vakillari, kasaba uyushma muvofiqlashtiruvchi kengashi a`zolari, shuningdek, tarmoq kengashlari tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalardagi ishlovchi yoshlar vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida qabul qilinayotgan yangi qonunlarning mazmun-mohiyati, korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning mehnat qonunchiligiga doir bilimlarini oshirish, yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida qabul qilingan besh muhim tashabbusni amalga oshirishga oid masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirda Ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Namangan shahar kengashi raisi M.Gafarova, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Namangan shahar kengashi raisi Z.Xojimatovaning ma`ruzalari ham tinglandi.

Alixon AKRAMOV,

Namangan viloyati kasaba uyushma

tashkilotlari birlashmasining

Yoshlar masalalari bo'yicha

 rais maslahatchisi

Boshqa xabarlar