«O'zbekiston temir yo'llari» respublika bo'ylab yo'lovchi tashish faoliyatini vaqtincha to'xtatdi

48

Ushbu tartib kompaniyaning yo'lovchi tashish faoliyatiga tatbiq etilib, rejadagi reyslar bekor qilingan.

«Xarid qilingan chiptalar temir yo'l kassalarida qaytarib olinadi hamda chipta pullari hech qanday foiz ushlanmasdan, o'rnatilgan tartibda va belgilangan muddat ichida qaytarib berilishi kafolatlanadi. Elektron chiptalarni esa https://e-ticket.railway.uz saytidagi «shaxsiy kabinet» orqali qaytariladi», – deyiladi kompaniya rasmiy axborotida.

Ta`kidlanishicha, temir yo'l qatnovlari Toshkent shahridan boshlanishi hisobiga boshqa hududlari orasidagi qatnovni ham amalga oshirish imkoniyat yo'q.

Yo'lovchi poezdlarning harakati yo'lga qo'yilishi haqida «O'zbekiston temir yo'llari» AJning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e`lon beriladi.

Ma`lumot uchun, ushbu tartib kompaniyaning temir yo'l orqali yuk tashish faoliyatiga ta`sir qilmaydi.

Boshqa xabarlar