Janjal jarohat bilan yakunlandi

318


Mamlakatimizda koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida joriy yilning 21 martidan boshlab barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan ko'ngilochar obektlar, shu jumladan, tungi klublar, choyxona va oshxonalar koronavirus kasalligi bilan bog'liq epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar to'xtatilgan. Shunga qaramasdan ba`zi fuqarolar tomonidan ish faoliyati vaqtincha to'xtatilgan umumiy ovqatlanish oshxonalariga kelib uni ishlatishni talab qilish holatlari kuzatilmoqda.
Jizzax shahar “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi fuqaro M.N. va N.J. lar Sharof Rashidov tumani “Xayrabod” mahalla fuqarolar yig'ini, Buyuk ipak yo'lida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasiga kelib ovqat buyurtma qilmoqchi bo'lishadi. Oshxona oshpazi fuqarolar M.N. va N.J.larga oshxona karantin munosabati bilan ishlmayotganligini tushuntiradi. “Xo'randalar” buni tushunishni xohlashmaydi va natijada janjal chiqarishadi.
Oshxona ro'parasida istiqomat qiluvchi 2000 yilda tug'ilgan fuqaro F.U va ukasi tuman XTBga qarashli 52-sonli umumta`lim maktabining o'quvchisi O.U.lar janjalni eshitib chiqishadi. Fuqaro M.N. o'zi bilan doimiy ravishda olib yurgan pichog'i bilan O.U. va akasi F.U.larga tan jarohat yetkazadi.
Hozirda mazkur holat bo'yicha Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo'limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyati
IIB Axborot xizmati

Boshqa xabarlar