Ko'mir qani mudir?

335


Joriy yilning 17 mart kuni Zomin tumani ichki ishlar bo'limi xodimlari tomonidan tuman XTB ga qarashli 14-sonli o'rta umumta`lim maktabi xo'jalik ishlari mudirining o'quv muassasiga tegishli ko'mir mahsulotlarini talon-taroj qilganligi aniqlandi.
Mudir “Beshkubi” qishloq fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi, 1981 yilda tug'ilgan fuqaro Sh.R. 2.800 kg. ko'mirni shaxsiy manfaatlari yo'lida ishlatib yuborgan. Surishtiruvni tuman IIB olib bormoqda.

Jizzax viloyati
IIB axborot xizmati

Boshqa xabarlar