NAQD PULLAR HAM KARANTINDA SAQLANADI

368

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko'ra, to'lovlarni amalga oshirishda naqd pullardan foydalanish virus tarqalishiga olib keluvchi kanallardan biri bo'lishi mumkin.

ISTANBULDAN FARG'ONAGA UChIB KELGAN FUQARO INSULTDAN VAFOT ETDI

Sog'liqni saqlash vazirligining xabar berishicha shu yilning 25 mart kuni charter reysi bilan Istanbuldan Farg'onaga uchgan 63 yoshlik nogironligi mavjud fuqaro F.ning ahvoli samolyotda og'irlashgan.

Unda yurak yetishmovchiligi, oyoq va qo'llarida harakatsizlik kuzatilgan. Bu haqda xabar olingach, Farg'ona shahar halqaro aeroportiga maxsus jihozlangan reanimobil tez tibbiy yordam  mashinasi o'z vaqtida yetib kelgan.

Shundan so'ng bemorga zudlik bilan reanimasion muolajalar ko'rsatilgan. Mashina ichida unga yurak, nafas tizimini yaxshilash uchun muolajalar bajarilib, defibrilyasiya amaliyoti tezkorlik bilan o'tkazilgan.

Standartlar bo'yicha o'tkazilgan muolajalarga qaramasdan, bemor vafot etgan.

Unga bosh miyada qon aylanishining o'tkir buzilishi, o'tkir yurak yetishmovchiligi tashxisi qo'yilgan. Ayni paytda sud-tibbiy ekspertizasi o'tkazilmoqda.

TO'XTATILGAN DARSLARNI JOYIDAN DAVOM ETTIRIShGA XOJAT QOLMAYDI

Xalq ta`limi vazirining matbuot kotibi Anvar Umarovning ta`kidlashicha, 16 martdan 20 martga qadar o'quv yilining 3 chorak yakuniga to'g'ri kelganligi sababli, bu davrda o'quv dasturiga asosan aksariyat mavzular takrorlash yoki o'tilgan mavzularni mustahkamlashga qaratilgan.

Shu bois karantin rejimi tugatilib, darslar boshlangandan keyin aynan to'xtatilgan mavzudan boshlashga ehtiyoj qolmaydi. Chunki o'quvchilar uchun tayyorlanayotgan televizion darslar orqali ana shu bo'shliq to'ldirib ketilmoqda.

QABULLAR VAQTINChA TO'XTATILADI

Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining markaziy apparati va hududiy bo'linmalari binolarida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining qabullari vaqtinchalik to'xtatiladi.

Barcha murojaatlar elektron ko'rinishda elektron pochta (telegram-bot) orqali qabul qilinmoqda:

Toshkent shahar IIBB: info@iibb.uz;

Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi: @passport_viza;

Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi: Yhxb.iibb.uz (saytda fuqarolar murojaati rukni mavjud).

Boshqa xabarlar