Nega o'zgalar hayotini xavf ostiga qo'ymoqdasiz ?

46

Ma`lumki, dunyoning aksar davlatlaridagi singari mamlakatimizda ham koronavirus tarqalishiga qarshi choralar kuchaytirilmoqda. Achinarlisi, ayrim fuqarolar daromad ilinjida o'zi va atrofidagilarning hayotini xavf ostiga qo'yishdan tortinmayaptilar. Jumladan, ichki ishlar organlari xodimlari Baxmal tumanining Do'stlik mahallasidagi “Shashlik markazi” ovqatlanish shoxobchasida 6 nafar mijozga xizmat ko'rsatishayotganligini aniqlashdi. Endi shoxobcha egasi Baxmal tumani, Do'stlik mahallasi, Olomon qishlog'ida yashovchi, 1995 yilda tug'ilgan A.I.ning yaxshigina miqdorda jarima to'lashiga to'g'ri keladi.

Xuddi shunday, G'allaorol tumani, 2- Qangli qishlog'ida ham umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyat yuritayotgani aniqlandi. Shoxobchaga rahbarlik qilayotgan G'allaorol tumani, Madaniyat QFY, 2- Qangli qishlog'ida yashovchi, 1974 yilda tug'ilgan A.A.ga nisbatan ham tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, Do'stlik tumani, A. Navoiy MFYda yashovchi, 1992 yilda tug'ilgan R.U. tumandagi Chinobod mahallasidagi binoda bolalarga kompyuter o'yinlari o'ynatayotgani aniqlandi. Surishtiruvni Do'stlik tumani IIB olib bormoqda.       Ma`lumot o'rnida: bu kabi qoidabuzarliklarni sodir etganlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksida bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima belgilangan.

Jizzax viloyati IIB

 axborot xizmati

Boshqa xabarlar