IIV: O'zbekistonda 63853 kishi karantinda saqlanmoqda

326

27 fevraldan 26 martga qadar O'zbekistonga xorijdan kelgan 850 798 nafar fuqaro chegara xizmati va tibbiyot xodimlari bilan birgalikda ko'rikdan o'tkazilgani ma`lum qilindi.

Tibbiy ko'rik davomida epidemik vaziyat noxush bo'lgan davlatlardan kelgan 85 784 nafar shaxs aniqlanib, yashash manzili bo'yicha 14 kunlik tibbiy kuzatuvga yuborilgan.

Bugungi kunda karantinga olinganlarning 21 931 nafari SSVning xulosasi asosida tibbiy kuzatuvdan chiqarilgan, 63 853 nafari ayni paytda karantinda qolmoqda.

Tibbiy kuzatuvdagi shaxslardan 13 753 nafari shifoxonada, 50 100 nafari uy sharoitida saqlanmoqda.

Uy sharoitida karantin o'tayotgan fuqarolar belgilangan qoidalarga rioya qilishlari, karantin tartibini buzib tashqariga chiqishlarining oldini olish maqsadida har bir uyga bir nafardan, jami 9564 nafar profilaktika inspektori biriktirilgan.

Maxsus ajratilgan davolash muassasalarida «umumiy karantin»da saqlanayotgan, tibbiy kuzatuvdagi shaxslarning belgilangan qoidalarga rioya qilishlari, karantin tartiblarini buzib tashqariga chiqishlarining oldini olish maqsadida, ushbu maskanlar Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari hamda Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo'riqlovga olingan.

Hozirgacha 18 ta avia va 14 ta temir yo'l reyslari orqali xorijiy mamlakatlarda bo'lgan 7194 nafar o'zbekistonlik mamlakatga olib kelinib, to'liq karantinga olingan.

Ular 36ta tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.

Buning uchun respublika boshqa hududlarida 2018 yil may oyida faoliyati to'xtatilgan 17ta YPX maskanining hamda 8ta blok va to'siq postlarning faoliyati vaqtincha tiklandi.

Toshkent shahrida faoliyat ko'rsatayotgan 6 ta YPX maskani, 14 ta blok va to'siq postlarda hamda Toshkent viloyatining shahar bilan chegara hudularidagi 10 ta blok va to'siq postlarda xodimlarning xizmat faoliyati kuchaytirilgan.

Shuningdek, Toshkent viloyati hududidan avtotransport vositalarining Toshkent shahriga kirib kelishi mumkin bo'lgan 61ta aylanma yo'llar aniqlanib, ushbu yo'llar yopilish choralari ko'rildi.

Boshqa xabarlar