Besh oy kutilgan javob

325

Gazetaning 2018 yil 13 sentyabrdagi 110-sonida «Ishonch telefonlari IShONChlimi?» sarlavhali maqola chop etilgan va u chora ko'rish uchun bir qator vazirlik hamda idoralarga, jumladan, Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligiga jo'natilgan edi. Biroq oradan ancha vaqt o'tsa-da, vazirlik tomonidan tanqidiy maqolaga javob bo'lmadi. Nihoyat, tahririyat bu mavzuni qayta kun tartibiga olib chiqib, mazkur holatga Bosh prokuratura aralashgach, quyidagicha munosabat bildirildi:

«Maqola muallifi tizimda mavsum ayni qizg'in pallaga kirgan bir payt­­da, abiturientlar, talabalar va ularning ota-onalarida savollar tug'ilishi tabiiy bo'lgan sharoitda vazirlikning «Ishonch telefoni» ishlamasligini tanqid ostiga olgan.
Maqolada ko'tarilgan masalalar vazirlikning tegishli mutaxassislari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, 10-06 qisqa raqami yurtimizdagi uzluksiz ta`lim tizimining barcha ishtirokchilari uchun birdek tegishli bo'lib, 10-06 qisqa raqamidan so'ng «3» raqami terilganda qo'ng'iroqlar Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligiga yo'naltiriladi. Bundan tashqari, «Ishonch telefoni» orqali fuqarolar murojaatlari qabul qilinayotgan payt­­da telefon qo'ng'iroqlarini qabul qilib bo'lmaydi.
Vazirlik gazeta tahririyati bilan sohaga doir mushtariylarni qiziqtirgan mavzularda tahliliy materiallar tayyorlash, ulardan kelib tushadigan savollarga birgalikda tezkorlik bilan javob qaytarish hamda gazeta sahifalarida tizimda ta`lim sifatini oshirish yo'lida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni muntazam yoritib borishda ijodiy hamkorlik qilishga doim tayyorligini ma`lum qiladi.»

Boshqa xabarlar