O'zbekelni ochunga tanitayotgan san`at

259

Butun boshli adabiyot, butun boshli san`at folklor tomiridan o'sib chiqqan, deb o'ylayman.
Bolaligimda Bog'donda (u olis zamonlarda qish­log'imizda svet, gaz, radio, gazeta degan narsalar yo'q edi. Hali «Ochun ko'zgusi» kashf etilmagan edi) sandal tegrasida o'tirgan holda Oqilbek baxshidan dostonlar eshitardik. Ba`zan qor bo'ronlari o'kirgan kunduz kunlari ham shu holat takrorlanardi. «Alpomish», «Go'ro'g'li», «Kuntug'mish» kabi ­dostonlar menga yod bo'lib ketgan edi.
Ergash Jumanbulbul, Fozil Yo'ldosh, Po'lkan shoir asarlarini yutoqib o'qiganman. Ulardan beqiyos ruhiy quvvat olganman va adabiyotga o'chmas mehr qo'yganman. Dostonlardan ruhlanib, qo'limga qalam olganman. O'shanda o'zimcha she`rlar, hikoyalar yozganman. Qisqasi, yozuvchi bo'lib shakllanishimga el og'zaki ijodi – ­folklor buyuk turtki bo'lgan.
Yurtimizda ilk marta ochun miqyosida Xalqaro baxshichilik san`ati festivali o'tkazilayotganini olqishlayman! Buni yangi siyosat mevasi, deb bilaman. Bu – O'zbek­elni dunyoga tanishtirishda yana bir muhim omildir.
Festival folklorimizga, el oqinlarimizga buyuk hurmat sifatida tarixda qoladi.

Evril TURON,
yozuvchi

Boshqa xabarlar