Har daqiqa zavqli

296

– Davlatimiz rahbari ilgari surgan beshta muhim tashabbus bugun barchamizning diqqat-e`tiborimizda, – deydi «Zarafshon» BSO direktori G.Xolmatova. – Xususan, ushbu rejalar asosida o'tkazilgan «Men sevgan oromgoh» mavzusida asfaltga rasm chizish, «101 xabar beradi», «Eng yaxshi oromgoh emblemasi», «Turli millat raqslari», «Ajdodlarga munosib izdosh bo'laylik» mavzularidagi tanlovlar bolajonlarda o'zgacha taassurot qoldirdi.
Oromgohda bolajonlar murabbiylar Anvar Qurbonov, Qahramon Boboxolov, Ro'zimurod Yo'ldoshev va Bekzod Ro'ziev nazoratida havas qilarli natijalarga erishmoqda.
«Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish mavzusidagi amaliy mashg'ulotlar bolalarning bilim va ko'nikmasini oshirmoqda.
Oromgoh kutubxonasida esa turli davra suhbatlari, tadbir va ko'rik-tanlovlar o'tkaziladi. Xususan, bolalarning sevimli yozuvchisi Xudoyberdi To'xtaboev asarlari yuzasidan hamda «Men nechun sevaman O'zbekistonni», «Men sevgan adib» mavzularidagi davra suhbatlari tarbiyalanuvchilarda katta qiziqish uyg'otmoqda.
Darhaqiqat, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishni tashkil etish o'ta dolzarb masala bo'lib, yoshlar ma`naviy jihatdan qanchalik barkamol bo'lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo'ladi.

         

                                               ,

DilfuzaO'rozova

Navoiy viloyati kasaba uyushma tashkilotlari
birlashmasi kengashining Yoshlar masalalari
bo'yicha rais maslahatchisi

Boshqa xabarlar