Harbiylar munosib taqdirlandi

816

Bugun o'zbek xalqi dunyo xalqlari qatori sinovli damlarni boshidan kechiryapti. Hamma yerda uyda qolishga chorlovlar bo'layotgan bir vaqtda erta-yu kech o'z xizmat vazifasini sidqidildan bajarayotgan insonlar borligi har qanday kishida iftixor tuyg'usini uyg'otishi shubhasiz. 

Ayni damda Toshkent shahar Sog'likni saqlash bosh boshqarmasiga qarashli 1-son klinik shifoxonasida karantinga olingan yurtdoshlarimiz Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy xizmatchilar tomonidan qat`iy intizom va tartib asosida muhofaza qilinmoqda.

Shunday mas`uliyatli damlarda harbiy xizmatchilarning ruhiyatini ko'tarish, ularning o'z kasbiga bo'lgan mehrini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Chirchiq shahridagi harbiy qism komandiri polkovnik Ismoil Qurbonov xizmat vazifasini sidqidildan o'tayotgan bir qator shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilarga Mudofaa vaziri hamda Toshkent harbiy okrugi qo'shinlari qo'mondoni nomidan navbatdagi harbiy unvonlarni tantanali topshirdi. Polkovnik Ismoil Qurbonov 15 nafar harbiy xizmatchiga xizmat joyning o'zida unvonlarni topshirar ekan, bugungi sinovli damlarda o'z sadoqat va vatanparvarligini namoyon etayotgan o'g'lonlar nomiga yuksak ishonch bildirdi, ularga ulkan zafarlar tiladi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati

Boshqa xabarlar