Karantindagi sog'liqni saqlash xodimlariga gigiena vositalari yetkazib berildi

165

Mamlakatimizda koronavirus xavfini kamaytirish maqsadida hamjihatlik bilan amalga oshirilayotgan ishlarga Toshkent viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi Kengashi ham o'z hissasini qo'shmoqda.

Xususan, vaqtincha karantinga tushgan Toshkent viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasi xodimlariga 100 ta komplekt yuz va yuvinish sochiqlari va boshqa gigiena vositalari biminnat yetkazib berildi.

Shuningdek, bozor va dorixonalardagi narx-navolar ham birlashma Kengashi tomonidan monitoring qilinib, jamoatchilik nazorati olib borilmoqda.

Mana shunday sinovli kunlarda birdamlikni yo'qotmay yaqin atrofdagilarga e`tiborli bo'lib, imkon qadar yordam qo'lini cho'zishga harakat qilayotgan birlashmaning ushbu xayrli ishlari, shubhasiz, e`tirofga loyiq.

@ishonchgz

Boshqa xabarlar